Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi Shavkat Abdurazakov Qoraqalpog‘iston Respublikasiga xizmat safari doirasida «Sudoche» ornitologik buyurtmaxonasida bo‘lib, amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib chiqdi.
Sudoche ko‘li Sibir va Tundradan janubga va janubiy-sharqga, issiq mamlakatlarga va ortga qaytadigan transkontinental migrant qushlarning g‘arbiy-osiyo migratsion yo‘lida joylashgan. Mazkur ko‘l Qoraqalpog‘iston Respublikasining shimoliy-g‘arbida bir necha ko‘llar tizimidan tashkil topgan (kichik va katta Sudoche, Qarateren, Begdulla aydin, Omar salim, Qarajar, Aqushpa va h.). Bu ko‘llar tizimi qushlarning uya qo‘yish, uchib o‘tuvchi qushlarning dam olish, uchish oldidan oziqlanish o‘rni sifatida xizmat qiladi.
Uchrashuv davomida Mo‘ynoq tumani hududida joylashgan mazkur ko‘l betakror tabiatiga ega ekanligini e’tiborga olgan holda ekoturistik salohiyatni oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati