Davlat ekologiya qo‘mitasi 2020 yil 1 sentyabrdan e’tiboran 2021 yil uchun «Ilmiy – tadqiqot, me’yoriy – uslubiy ishlarni, tashkiliy va tabiatni muhofazasi bo‘yicha tadbirlar Dasturi»ni rejalashtirishni boshladi.
Yuqoridagilarni inobatga olib, Davlat ekologiya qo‘mitasi joriy yil 30 sentyabrga qadar quyidagi talablarga muvofiq arizalarni qabul qiladi.
Ariza shakli:
1. Titul varag‘i.
2. Loyihaning tavsifi:
– Loyihaning nomi;
– Muammoning qo‘yilishi;
– Maqsadi;
– Rejalashtirilgan tadbirlar va masalalar;
– Yakuniy natijasi, samaradorligi;
– Bajarilish muddati;
– Bajariladigan ishlarning kalendar rejasi;
– Amalga oshiriladigan ishlarning “Bajaruvchi” tomonidan tasdiqlangan qiymati, yoki tadbir qiymatnini asoslovchi boshqa tegishli hujjatlar;
3. Bajaruvchi – tashkilot (lar) haqidagi to‘liq ma’lumot - tadbirni bajaruvchi tashkilot (lar)ning nomi, adresi, telefon va hisob raqamlari.
Arizalar kuyidagi manzilga yuboriladi: 100047, Tashkent shahri, Yashnobod tumani, Tuytepa 2 A uy, yohud elektron shaklda e-mail: fond@uznature.uz manziliga yuborish mumkin.
Telefon: +998(71) 207-07-70 (ichki raqam 1016#, Ekologiya, atrof muhit muhofazasi va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish jamg‘armasi mablag‘larini boshqarish bo‘limi).
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati