Joriy yilning 31 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan yovvoyi ayiqning o’lgan holatdagi video tasviri yuzasidan 2019 yil 2 iyun kun holati bo’yicha ma’lumot
02.
06. 2019
17:40
6509
News

O’zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi

Joriy yilning 31 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan
yovvoyi ayiqning o’lgan holatdagi video tasviri yuzasidan
2019 yil 2 iyun kun holati bo’yicha

MA’LUMOT

Mazkur holat Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumanining tog’li hududi hisoblangan “Langar” mahalla fuqarolar yig’ini “Tutli” qishlog’ida sodir etilgan bo’lib, 2019 yil 28 may kuni soat taxminan 10:00 lar atrofida Tutli qishlog’ida aholi yashash joyiga yovvoyi, yoshi taxminan 3 yoshlar atrofidagi ayiq Samarqand viloyati bilan chegara hududidan kelib, aholi tomorqasiga bostirib kirishi, ularning chorva mollariga tashlanib hujum qilgan, shu bilan birga aholi hayotiga xavf tug’dirgan.

Fuqarolar hayotiga tahdid va ularning chorvalari zarar etkazmaslik maqsadida olib borilgan choralarga qaramasdan yovvoyi ayiqning tajovuzkorona harakatlari sababli ovchilar jamiyatining rasmiy a’zosi yordam chaqirilib ayiq otib o’ldirilgan. “Langar” mahalla fuqarolar yig’ini profilaktika inspektori tomonidan otilgan ayiq tanasi kasalikka chalingan yoki chalinmaganligini aniqlash maqsadida Chiroqchi tumani IIB ga olib ketilgan.

Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan Davlat ekologiya qo’mitasi va sohaga oid malakali mutaxassislar jalb etilgan holda qo’shimcha o’rganish ishlari amalga oshirilmoqda hamda Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.

Qo’shimcha tekshiruvning asosiy maqsadi ayiqning o’ldirilishi aynan oxirgi zarurat bilan bog’liqligi yoki yo’qligini aniqlashga e’tibor qaratilib, natijasi yuzasidan tegishli qaror qabul qilinishini ta’minlashdan iborat.
 

Useful resources