Andijon viloyati: «SING LIDA» MChJ qo‘shma korxonasining faoliyati to‘xtatildi
25.
02. 2020
16:55
9259
News

So‘nggi oylarda Davlat ekologiya qo‘mitasiga aholi, jamoatchilik tashkilotlari tomonidan atrof muhitga zararli tashlamalar tashlayotgan yirik tsement ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yuzasidan shikoyat va murojaatlar kelib tushayotganligi, shuningdek, Qo‘mita tomonidan ayni kunlarda «SING LIDA» MChJ qo‘shma korxonalarining faoliyati tekshirilayotganligi to‘g‘risida ma’lum qilingan edi (http://eco.gov.uz/ru/site/news?id=448).

Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan 2020 yil 12-21 fevral kunlari Andijon viloyati, Asaka tumanida joylashgan «SING LIDA» MChJ QK faoliyatida, tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishga oid qonun va me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari ijrosining ta’minlanishi yuzasidan tekshirish o‘tkazildi.

 


Tekshirish davrida korxonaning klinker tayyorlash pechining ishlash jarayonida tsiklonlarning bir nechta joyida tuynuklar mavjudligi, o‘z navbatida ifloslantiruvchi moddalarning mazkur tuynuklardan to‘g‘ridan – to‘g‘ri atmosfera havosiga tashlanayotganligi;

klinker tayyorlash pechidagi ifloslantiruvchi moddalarni tashlash 1- va 2-manbalardagi chang tozalash uskunasining samaradorligini o‘lchash uchun laboratoriya tahlillari o‘tkazilganida, 1-manbadagi tsement changini ushlash qurilmasining samaradorligi 53,1 % (loyiha bo‘yicha 99,9%), 2-manbadagi chang ushlash qurilmasining samaradorligi 60,7% (loyiha bo‘yicha 99,9%) ni tashkil etib, changlarni ushlab qolish samaradorligi past darajada ekanligi aniqlandi.

Yuqoridagi holatlarda O‘zbekiston Respublikasining «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida», «Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunlar talablari buzilgan.

Aniqlangan kamchiliklarni tezkorlik bilan bartaraf etish, atmosfera havosiga tashlanadigan ifloslantiruvchi moddalarni kamaytirish maqsadida jamiyat balansida mavjud bo‘lgan, bugungi kunda ekologik talablarga javob bermaydigan holatda ishlab turgan klinker tayyorlash pechi va tsement tayyorlash tegirmoni uskunalarining faoliyati vaqtincha to‘xtatildi va bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Eslatib o‘tish joizki, Vazirlar Mahkamasining «Davlat ekologik ekspertizasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida» 2018 yil 22 noyabrdagi 949-son qaroriga ko‘ra tsement ishlab chiqarish korxonalari atrof-muhitga ta’sir ko‘rsatishning I toifasiga mansub (yuqori darajali xavfli) faoliyat turi deb belgilangan.



 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources