Samarqandda atmosfera havosi yaxshilandi!
18.
04. 2020
20:48
5439
News

Samarkand viloyatida jami 379 709 tadan ortiq avtotransport vositalari mavjud bo‘lib, shundan 354 758 dan ortig‘i yoki 93,4 foizi xususiy sektorga, 24 951 dan ortig‘i yoki 6,6 foizi davlat sektoridagi transport vositalariga to‘g‘ri keladi. Ushbu avtotransport vositalarining harakatlanishi natijasida yiliga 103 526 tonna ifloslantiruvchi moddalar atmosfera havosiga tashlanadi.

O‘zbekiston Respublikasining barcha viloyatlari qatori Samarqand viloyatida ham koronavirus pandemiyasi sababli karantin e’lon qilingandan boshlab, joriy yilning 16 aprel kuniga qadar avtotransport vositalarining qatnoviga qo‘yilgan cheklov natijasida viloyatda harakatdagi manbalardan 8 250 tonnaga ifloslantiruvchi moddalarning atmosfera havosiga tashlanishi kamaygan. Ayni vaqtda viloyat hududida «Toza havo» tadbiri davomida havoning toza va musaffo ekanligini ko‘rsatib, sog‘lom turmush tarzi bo‘lmoqda.

Avtotransport xarakatining kamayishi evaziga Samarqand shahrida atmosfera havosiga harakatdagi manbalardan zararli gazlar tashlanishi keskin kamayganidan dalolat beradi.

Samarqand shahridagi mavjud gidrometeopostlardan olingan havo namunalariga o‘tkazilgan kimyoviy tahlillar havoni ifloslantirayotgan zararli moddalar miqdori o‘rnatilgan me’yorlar (PDK) ga nisbatan tashlanishi uglerod oksidi, azot ikki oksidi, azot oksidi, fenol va xlor 0 ko‘rsatishda bo‘lganligi bo‘yicha ma’lumot viloyat Gidrometiorologiya boshqarmasi tomonidan berilgan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources