Xabar berilganidek, Koreya Respublikasi Atrof-muhit vaziri oʻrinbosari Yu Chechul boshchiligidagi delegatsiya shu kunlarda mamlakatimizda mehmon bo‘lib turibdi.
Bugun poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vaziri o‘rinbosari N.Oblamuradov, Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari A.Axmedxadjayev, Koreya Respublikasi Atrof-muhit vaziri oʻrinbosari Yu Chechul, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarma boshlig‘i O.Xamrayev hamda Sejin G&E kompaniasi raisi Lee Kyoung Yeon ishtirokida Toshkent viloyatining Ohangaron va Maydontol maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish majmuasi qurilishiga tamal toshi qo’yish marosimi bo‘lib o’tdi.
Tadbirda so’z olganlar so‘nggi yillarda Oʻzbekiston va Koreya davlatlari oʻrtasida barcha sohalarda o‘zaro hamkorlik aloqalari jadal rivovlanib borayotgani, ayniqsa ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yoʻnalishida birgalikda amalga oshirilayotgan loyihalar yuqori samara berayotganini ta’kidlashdi.
Aytish o‘rinliki, Koreya davlatining nufuzli Sejin G&E kompaniyasi ishtirokida
55 mln. АQSh dollari miqdoridagi toʼgʼridan-toʼgʼri investitsiya mablagʼlari hisobiga Toshkent viloyatining Ohangaron va Maydontol maishiy chiqindilar poligonida hosil boʼladigan chiqindi gazidan umumiy ishlab chiqarish quvvati kamida 16 MVt boʼlgan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan zamonaviy loyihaning amalga oshirilayotgani hamkorlik aloqalari tobora mustahkamlanib borayotganligining yaqqol dalilidir.
Tadbir davomida Toshkent viloyatining Ohangaron va Maydontol maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish majmuasi qurilishi boshlanishi oldidan ramziy tasma kesish marosimi o’tkazildi.
Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, mazkur loyihani amalga oshirish natijasida, nafaqat mamlakatimizda balki Markaziy Osiyo mintaqasidagi yagona boʼlgan yirik maishiy chiqindi poligonlarida hosil boʼladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish stantsiyasi tashkil etiladi.
Tabiat resurslari vazirligi matbuot xizmati