Qoraqalpog‘iston Respublikasi. Noqonuniy ovga barham berildi
27.
05. 2021
09:28
4327
Yangiliklar

Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya qo‘mitasi hamda «Janubiy Ustyurt» milliy tabiat bog‘ining davlat inspektorlari, Qo‘ng‘irot tuman IIB, Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda ekologik jinoyatlar va huquqbuzarliklarni oldini olish yuzasidan nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida Qo‘ng‘irot tumanidagi «Jaslыq» MFYda yashovchi fuqarolar T.B. va B.R. Ustyurt tekisligida noqonuniy ravishda O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ga kiritilgan sut emizuvchilar toifasiga kiruvchi 11 bosh jayronini ovlagani hamda ularda shuningdek, 11 juft shoxlar borligi aniqlandi. Mazkur holat bo‘yicha barcha hujjatlar rasmiylashtirilib, tergov-surishtiruv ishlarni olib borish uchun Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasiga o‘tkazildi.

Har bitta qilingan noqonuniy harakat jazosiz qolmaydi. Bizni kuzatishda davom eting, natijalar bo‘yicha to‘liq ma’lumot beriladi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar