#WorldCleanUpDay O‘zbekistonda Butunjahon tozalik kuniga bag‘ishlangan aktsiya tashkil etildi
23.
09. 2019
17:10
6061
Yangiliklar

#WorldCleanUpDayButunjahon tozalik kuni – bu insoniyat o‘zi yashab turgan hududda tozalikni o‘rnatish g‘oyasini ifoda etadi. Mazkur kun o‘zining oddiy boshlanish tarixiga ega bo‘lishiga qaramasdan jahonning qator mamlakatlarida ommalashib ketdi. G‘oya dastavval 2008 yil Estoniyada vujudga kelib, 50 000 ko‘ngillilar mamlakatni chiqindilardan xoli etish uchun birlashdilar.

Bugungi kunga kelib mazkur kun ko‘ngillilarning bir kun davomida 150 dan ortiq mamlakatni bir maqsad birlashtiruvchi yirik ijtimoiy harakatiga aylandi. 

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi atrof-muhitga befarq bo‘lmagan biznes-tuzilma vakillari, faol fuqarolarning ko‘p sonli takliflariga binoan  hududlarni chiqindilardan holi etish maqsadida xalqaro hamjamiyat bilan bir qatorda 2019 yilning 21 sentyabr kuni respublika miqyosida Butunjahon tozalik kuniga bag‘ishlangan ekologik aktsiyani tashkil etdi.

Mazkur aktsiyada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri hamda viloyatlardan 3.500 ko‘ngilli fuqarolar ishtirok etdilar.

Foto-otchyot – «2019 yil 21 sentyabr kuni Toshkent viloyati Yangiobod tog‘larida Butunjahon tozalik kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan aktsiya yakunlari tafsilotlari».


#WorldCleanUpDay – Всемирный день чистоты, 21 сентября – общественная эко-акция Госкоэкологии Республики Узбекистан по очистке местности от бытового мусора в горах Янгиабад

 


 

Foydali manbalar