Davlat ekologiya ko‘mitasi ogohlantiradi: chiqindilarni belgilangan joyga tashlang!
31.
10. 2019
12:59
6078
Yangiliklar

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha davlat inspektorlari tomonidan Navoiy  shahar markaziy ko‘chalarida chiqindilarni noqonuniy joylashtirish holatlarini aniqlash maqsadida tezkor reyd o‘tkazildi.

Reyd davomida Navoiy  shahar, «Orzu» MFY hududida joylashgan Guliston dehqon bozori atrofida fuqaro Nizomov K.N. tomonidan pista po‘choqlarini belgilanmagan joyga tashlayotgan payt to‘xtatilib, mazkur fuqaroga nisbatan MJTKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, eng kam ish xaqqining yarim barobari 111 500 so‘m miqdorda ma’muriy jarima qo‘llanildi. 

Reyd davomida Navoiy shahri «Yangi hayot» savdo majmuasi oldida joylashgan avtomobillar turargohi hududiga sigaret tamakisi qog‘oz chiqindilarini belgilanmagan joyga tashlayotgan fuqaro Ro‘ziev D.Yu. nisbatan MJTKning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, eng kam ish xaqqining yarim barobari 111 500 so‘m miqdorda ma’muriy jarima qo‘llanildi.

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 



 


Foydali manbalar