Namangan viloyat: Tungi reydda huquqbuzarlar «Qo‘lga tushdi»
22.
11. 2019
10:39
6778
Yangiliklar

Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Namangan shahar inspektsiyasi xodimlari tomonidan noqonuniy chiqindixonalarni aniqlash bo‘yicha tezkor tungi reydlar o‘tkazildi.

Unda Namangan shahar «A.Navoiy», «A.Xo‘jaev», «S.Adashev», «Mustaqillikning 5 yilligi», «Oltinvodiy», «Uychi» ko‘chalari hududiga I.Rustamov, Z.Jalolov, I.Ulug‘xo‘jaev, I.Jamolov, X.Mirzarahimov A.Mahmudjonovlar tomonidan maishiy chiqindilar to‘la xaltalar, qoplar belgilanmagan joyga tashlangani aniqlandi. Bunda fuqarolar inspektorlar tomonidan to‘xtatib qolindi.

Ushbu holat yuzasidan 6 nafar huquqbuzar fuqaroga nisbatan MJtKning 91-modda 1-qismi bilan ma’muriy bayonnomalar tuzilib, jarimalar qo‘llanildi.

Hurmatli yurtdoshlar! Yodingizda bo‘lsin: tozalanadigan emas, ifloslantirilmaydigan joy pokiza bo‘ladi.



Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar