Jizzax viloyati: noqonuniy qum-shag‘al qazib oluvchilar ushlandi
26.
11. 2019
13:04
6746
Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Suv ob’ektlarini muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3286-sonli Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Jizzax viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari hamda tegishli idoralar mutasaddilaridan iborat daryolar o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamalash, noruda foydali qazilmalarni qazib olish tartibining buzilishini aniqlash va oldini olish bo‘yicha idoralararo guruhlar tashkil etilgan.

Bugungi kunga qadar mazkur guruh tomonidan qator tezkor reydlar tashkil etilib kelinmoqda.

Xususan, Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi mutaxassislari hamda mutasaddi idoralar xodimlari tomonidan  G‘allaorol tumani «Zargar» qishlog‘i hududidan oqib o‘tuvchi Sangzor daryosi o‘zanidan fuqaro Begmanov Sh. qum-shag‘al qazib olib, o‘zi boshqaruvidagi «ZIL» rusumli avtotransport vositasiga ortayotgan holatida aniqlandi. Joriy yilning 20 noyabr kuni ushbu fuqaroga nisbatan MJtKning 70-moddasi 1-qismi (qo‘shimcha  82-moddasi 2-qismi) bilan eng kam oylik ish haqining 10 barobar, ya’ni 4 mln. 460 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.



Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar