Andijon viloyati: «Konteks-Tashkent» MChJ bo‘yoq ishlab chiqarish tsexining faoliyati to‘xtatildi
23.
03. 2020
18:37
5946
Yangiliklar

Andijon viloyati Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi «Kun uz» ijtimoiy tarmog‘i orqali 2020 yil 21 mart kuni «Andijondagi Ulug‘nor kanali Ekologik xalokat yoqasida» nomli maqolasi yuzasidan Oltinko‘l tumani Chinobod ko‘chasi hududida joylashgan «Konteks-Tashkent» MChJ tomonidan bo‘yoq ishlab chiqarish tsexininig faoliyati o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida haqiqatan bo‘yoq ishlab chiqarish tsexidan joriy yilinng 13 mart kuni kunduzgi soat 12:00 da 14:00 ga qadar fabrikada elektr energiyasining uzilishi hisobiga suv tozalash inshooti ishlamaganligi sababli ishlab chiqarishdan hosil bo‘lgan oqava suvlar tozalanmasdan Asaka tashlamasiga tashlanganligi kuzatilgan.

Ushbu holatni bartaraf etish yuzasidan Oltinko‘l tuman ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish inspektsiyasi tomonidan shu kunning o‘zida jamiyat rahbariyatiga og‘zaki ogohlantirish berilib, to‘htatilgan.

Shuningdek, joriy yilning 16 mart kuni tuman DSENM bilan xamkorlikda rasmiy ogohlantirish xati berilgan.

Biroq, ijtimoiy tarmoqqa maqola chiqarilgunga qadar bo‘yoq tsexidan chiqayotgan oqava suvlar miqdori kamaytirilgan. Kuni kecha ishchi guruh tashkil qilingan holda «Konteks-Tashkent» MChJ bo‘yoqlash tsexi faoliyati to‘htatilib, ochiq suv havzasiga tashlanayotgan oqava suvlarning chiqish jo‘mraklari berkitildi. (21 mart kuni tashlanayotgan chiqindi suvidan laboratoriya tahlili uchun na’muna olindi. Laboratoriya tahlili chiqqandan so‘ng qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi).

Ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyati Ekologiya boshqarmasining 2019 yil 24 dekabr laboratoriya tahlili na’munalari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, unga asosan me’yordan ortiqcha tashlanayotgan tashlamalar uchun qo‘shimcha 6 mln 900 ming so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lovlari hisob kitob qilinib undirib olingan.

Jamiyatning o‘rtacha bir kunlik suv ishlatish limiti 10 tonna matoni bo‘yash uchun 1000 m3 suv sarflanishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, kunlik ishlab chiqarish hajmi va eksport miqdorini oshirish maqsadida matolarni bo‘yash uchun suv sarfi ortib bormoqda. Jamiyat tomonidan bir kunda 1000 m3 chiqindi suvni lokal tozalash inshooti mavjud bo‘lib, suvning sarflanishi 2000 m3 ni tashkil etmoqda. Suv miqdoridan ortganligi natijasida chiqindi suvni tozalash samaradorligi pasayib ketgan.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda «Konteks-Tashkent» MChJning bo‘yoq ishlab chiqarish tsexining faoliyati Ekologiya boshqarmasi tomonidan 2020 yil 21 mart kunidan boshlab to‘xtatib qo‘yildi.



 

Hurmatli fuqarolar!
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi atrof muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq (noqonuniy chiqindixonalar va daraxt kesilishi, brakonerlik va h.k.) muammolar yuzaga kelganda, respublika «ishonch telefonining» quyidagi raqamlarga murojaat qilishingizni so‘raydi:  

– (+998) 71 236-26-66;
– (+998) 71 207-11-07,

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Foydali manbalar