Samarqand viloyatida noruda materiallarni noqonuniy qazib olish bilan bog‘liq 52 ta holat aniqlandi
29.
02. 2024
15:09
884
Янгиликлар

Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan 2024-yilning fevral oyida viloyatning shahar va tumanlarida o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida qum-shag‘al va tuproq aralashmalarini noqonuniy qazib olish bilan bog‘liq 52 ta holat aniqlangan.

Xususan, Ishtixon tumanida 7 ta, Oqdaryo tumanida 4 ta, Jomboy tumanida 1 ta, Narpay tumanida 1 ta, Kattaqo‘rg‘on tumanida 1 ta, Qo‘shrabot tumanida 19 ta, Payariq tumanida 7 ta, Samarqand tumanida – 1, Nurobod tumanida – 3, Urgut tumanida – 1, Tayloq tumanida – 3, Samarqand shahrida – 4 ta huquqbuzarlik sodir etilgan. 

Aniqlangan holatlar yuzasidan barcha huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 70-moddasi 1-qismi va 70-moddasi 1-qismi 1-bandiga asosan ma’muriy bayonnoma tuzildi. Jarimalarning umumiy summasi 330 million 480 ming so‘mni tashkil etdi.

Фойдали манбалар