Atmosfera havosini muhofaza qilish siyosati bo'limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

– korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda, jamoat tashkilotlarida va fuqarolar o‘rtasida atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida davlat nazoratini olib boradi;

– atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida asosiy yo‘nalishlarida loyihalar ishlab chiqish, Respublika hududida atmosfera havosin muhofaza qilish sohasida yagona ilmiy-texnik siyosatni amalga oshiradi;

– atmosfera havosini tabiy tarkibini saqlash va undan oqilona foydalanish;

– atmosfera havosini qulay sifatliligini ta’minlash;
 

Atmosfera havosini muhofaza qilish boshqarmasi o‘ziga yuklatilgan vazifalarga muvofiq:

– Respublika va tarmoq, idoraviy normativlarini, atmosfera havosini muhofaza qilish qoidalari va standartlarini ishlab chiqadi va tasdiqlashda ishtirok etadi;

– Atmosfera havosini ifloslanishini kamaytirish, ularni tabiatni muhofaza qilish va tabiatdan oqilona foydalanish bo‘yicha maqsadli davlat dasturlariga kiritish uchun takliflar kiritadi.

– Atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘yicha vazirliklar, davlat qo‘mitalari,idoralar va boshqa tabiatdan foydalanuvchi korxonalarga dastur va tadbirlar rejalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar beradi

– Respublika va tarmoq idoraviy normativlarini, atmosfera havosini muhofaza qilish qoidalari va standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash, atmosfera havosini ifloslanishini nazorat qilishda ishtirok etadi;

– Davlat ekologiya qo‘mitasi raxbariyatining topshirig‘iga binoan ozonni yemiruvchi moddalarni olib kirish kvotalarini belgilaydi va ularni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasiga belgilangan tartibda tasdiqlash uchun takliflar kiritadi;

– O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish uchun belgilangan tartibda ruxsatnomalar berish ozonni buzuvchi moddalar va ularni o‘z ichiga olgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish ishlarini tashkil etadi, shuningdek bunday ruxsatnomalar beradi;

– Xavfli yuklarni O‘zbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit tashishni amalga oshirish uchun belgilangan tartibda asosli hulosalar tayyorlaydi;

 

Rejalashtirilgan ishni bajarish uchun atmosfera havosini muhofaza qilish boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi raisi tomonidan tasdiqlangan shtatlar jadvaliga muvofiq mutaxassislar bilan to‘ldiriladi.