Xizmatlar

Markaz quydagi xizmatlarni amalga oshiradi:

– Atrof-muhitning energiya ishlab chiqarish bilan bog‘liq ifloslanishini oldini olish choralarini o‘rganish, shu sohada me’yoriy, rahbariy va zarur dasturiy hujjatlar tayyorlash;

– Atrof-muhit muhofazasi, qazilma yoqilg‘i resurslarini tejash maqsadida muqobil energiya manbalaridan foydalanish yo‘llarini ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish;

– Muqobil ekologik toza energiya manbalarini tadbiq etish va ulardan keng miqyosda foydalanishni amalga oshirish;

– Muqobil energiya manbalarini rivojlantirish sohasida innovatsiya texnologiyalarini, ilmiy-texnikaviy ishlanmalarni joriy etish va energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi jihozlar va asbob-uskunalarni ishlab chiqarish va mahalliylashtirishni, jumladan, texnologiyalarni transfer qilish va muhandislik markazlarini tashkil etish yo‘li bilan kengaytirish;

– Muqobil energiya manbalaridan, ikkilamchi energetika resurslarini energetik utilizatsiya qilishdan foydalangan holda, elektr energiya ishlab chiqarish, quyosh, shamol energiyasi, mikro va kichik gidroelektrostantsiyalardan foydalanishning sinovdan o‘tgan texnologiyalari asosida energiya ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga tadbirkorlik sub’ektlarini jalb qilish orqali yoqilg‘i-energetika balansini diversifikatsiyalash;

– Zamonaviy energiya samarador va energiya tejamkor texnologiyalari asosida mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash va yangilarini yaratish orqali ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar energiya sig‘imini kamaytirish;

– Muqobil energiya manbalarini ishlab chiqarishni amalga oshirish;

– Atrof-muhit muhofazasi va muqobil energiya manbalarini respublikamiz hududida rivojlantirish xamda aholi o‘rtasida kengroq tadbiq etish maqsadida konsultatsiya xizmatlarini amalga oshirish;

– Atrof-muhit muhofazasi va muqobil energiya manbalarini respublikamiz hududida rivojlantirish maqsadida xalqaro investitsiyalarni jalb etish;

– Atrof-muhit muhofazasi va muqobil energiya manbalarini hamda chiqindilar bilan ishlash sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlarini o‘tkazish orqali olingan natijalarni amaliy tajribalar bilan muvofiqlashtirish;

– Atmosfera havosi, suv va yer resurslarining ifloslanishini kamaytirish, biologik bioxilmaxillikni saqlash, chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilishni ta’minlovchi mutlaqo yangi va samarali uslub va texnologiyalarni ishlab chiqish va tadbiq etish;

– Maishiy va sanoat uchun mo‘ljallangan atmosfera havosi, suv va yer resurslarining ifloslanishini kamaytirishni ta’minlovchi, shuningdek, chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilish bo‘yicha texnik vositalarni ishlab chiqish, tajriba-konstrukturlik jihatidan ishlab chiqarish va tadbiq etish;

– Atrof-muhit muhofazasi va muqobil energiya manbalari sohasidagi ilg‘or xorijiy texnologiyalar va innovatsiyalarni moslashtirish va amaliyotga tadbiq etish;

– Atrof-muhit muhofazasi va muqobil energiya manbalari masalalari bo‘yicha talab va standartlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;

– Atrof-muhit muhofazasi va muqobil energiya manbalari sohasida xorijiy ilmiy- tadqiqot muassasalari va markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, ilmiy konferentsiyalar, seminarlar, qo‘shma tadqiqotlar, loyihalar, xodimlarning malakasini oshirish va ularni o‘qitishni tashkil etish;

– Atrof-muhit muhofazasi va muqobil energiya manbalari sohasidagi ma’lumotlar bazasini va axborotlashtirish tizimining uzluksizligini ta’minlash, shu jumladan, bu boradagi loyihalarning ishlab chiqilishida hamda amaliyotga tadbiq etilishida faol ishtirok etish;

– Energetik va ekologik auditorlik faoliyatini amalga oshirish;

– Xalqaro dasturlar, ilmiy jamg‘armalar va boshqa manbalar tomonidan, moliyalashtiriladigan grantlar hisobidan xalqaro ilmiy loyihalarni tayyorlash va realizatsiya qilishga ko‘maklashish;

– Markaz tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy loyihalarni va mahsulotlarni amaliyotga tadbiq etish, shu jumladan realizatsiya qilish;

– Tadqiqot faoliyati maqsadida xorijiy mamlakatlarning ilmiy muassasalari, ilmiy markazlari bilan xalqaro ilmiy aloqalarni rivojlantirish;

– Markaz, shuningdek, qonunchilikda ta’qiqlanmagan boshqa faoliyatlarni amalga oshirishi mumkin;
 

"Eko-Energiya" ITM xizmatlari davlat organlari, nohukumat tashkilotlar, xalqaro moliya institutlari va yirik, o‘rta va kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus ishlab chiqilgan.

Qayta tiklanadigan energiya texnologiyalarini o‘rnatish bo‘yicha talablar korxonalar uchun zarur bo‘lgan o‘rnatish quvvatlarining ishonchliligiga va sezilarli darajada buzilishlarning yo‘qligiga ishonch hosil qilish uchun zarur texnik-iqtisodiy asoslar va hisob-kitoblarni tayyorlashni rejalashtirish orqali ta’minlanadi.

Xizmatlarning ushbu turi eng yaxshi maslahatlarni respublikaning ishbilarmonlik muhiti bilan tanishadigan mutaxassislar tomonidan ta’minlanishi asosida ishlab chiqilgan.

Keyinchalik, ekspertlar guruhi umumiy maqsadlar atrofida kompaniyalarni birlashtiruvchi xizmatlarning umumiy yo‘nalishini, sifatini va barqarorligini ta’minlaydi.

Konsalting xizmatlarining har bir sohasi: qayta tiklanadigan energiya texnologiyalarini qo‘llash, konsalting xizmatlari - mamlakat qonunlariga muvofiq mustaqil va ziddiyatsiz hal qilishda kompaniyalar va ularning aktsiyadorlari talablarini qondirish.