Qonunchilik

Davlat ekologiya qo‘mitasi tarkibidagi ixtisoslashtirilgan ekspert bo‘linmalari o‘z faoliyatini korxona to‘g‘risidagi Nizom, O‘zbekiston Respublikasining «Ekologik ekspertizasi to‘g‘risida»gi va «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 oktyabrdagi «Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3956-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Atrof-muhitga ta’sirni baholash mexanizmini yanada takomillashtirish to‘g‘risida» 2020 yil 7 sentyabrdagi 541-son, «Ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida» 2017 yil 21 yanvardagi 1-son qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq amalga oshiradi.