Samarqand davlat tibbiyot instituti yoshlari ekologik aktsiya uyushtirdi
19.
10. 2020
21:04
5664
News

17-18 oktyabr kunlari Samarqand davlat tibbiyot instituti yoshlari Samarqand shahri obodonchiligiga hissa qo‘shish maqsadida «Ona tabiatni asrab-avaylash har birimizning burchimiz» mavzusida ekologik aktsiya o‘tkazdi.

– Har yili Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni munosabati bilan ekohaftalik o‘tkazish an’anaga aylangan, - deydi institut prorektori Eldor Tangirov. - Shu maqsadda SamMI UNION assotsiatsiyasi yoshlari tozalikni muhofaza qilish bilan birga aholining tibbiy savodxonlik darajasini bilish maqsadida viktorina o‘tkazdi. Yoshlar viktorinada pandemiyaga oid savollar berib, kishilarning tibbiy savodxonlik darajasini aniqladi. Savollarga to‘g‘ri javob berganlarga antiseptik vositalar hamda o‘zini koronavirusdan asrash yo‘riqnomalari tarqatildi.


Odilbek AHMEDOV

Manba: http://zarnews.uz/jkn

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources