Buyuk Britaniya Ekseter universiteti huzuridagi Suv tizimlarini o‘rganish markazi bilan video muloqot
09.
11. 2020
18:46
5279
News

Kuni kecha Davlat ekologiya qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi hamda Buyuk Britaniya Ekseter universiteti huzuridagi Suv tizimlarini o‘rganish markazi (Center for Water Systems - CWS) o‘rtasida video muloqot tashkil etildi.

Onlayn uchrashuv davomida Davlat ekologiya qo‘mitasi va Suv tizimlarini o‘rganish markazi (CWS) o‘rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, xususan suv va yer resurslarini boshqarish, geoaxborot tizimlari, iqlim o‘zgarishi kabi sohalarda yangi va samarali uslub va texnologiyalarni o‘rganish, ushbu yo‘nalishlarda qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot Instituti va mazkur markaz bilan hamkorlikda seminarlar, o‘quv kurslarini tashkil etish bo‘yicha so‘z yuritildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources