Farg‘ona viloyatining Rishton, Bog‘dod, Buvayda, Uchk o’prik va Dang‘ara tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini dxsh asosida boshqarish yuzasidan loyiha konseptsiyasi tasdiqlandi. Qiziqish bildirish uchun E’lon
22.
09. 2020
21:18
5775
Tender

Farg‘ona viloyatining Rishton, Bog‘dod, Buvayda, Uch ko‘prik va Dang‘ara tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini dxsh asosida boshqarish yuzasidan loyiha konseptsiyasi tasdiqlandi. Qiziqish bildirish uchun e’lon O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 sentyabrdagi 765-sonli «Sanitariya jihatidan tozalash sohasida xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun hududlarni biriktirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan. ....

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 25 sentyabrdagi 765-sonli «Sanitariya jihatidan tozalash sohasida xizmatlar ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun hududlarni biriktirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 2020 yil 10 avgustda o‘tkazilgan 63-yig‘ilish bayonida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Farg‘ona viloyatining Rishton, Bog‘dod, Buvayda, Uchko‘prik va Dang‘ara tumanlarida qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish yuzasidan loyiha kontseptsiyasi tasdiqlandi. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq tasdiqlangan davlat-xususiy sheriklik loyihasi kontsepsiyasini potentsial davlat sherigi (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi) hamda vakolatli davlat organi (Agentlik) tomonidan davlat-xususiy sheriklik loyihasining kontseptsiyasini boshqa talabgorlarga davlat-xususiy sheriklik loyihasining amalga oshirilishidan manfaatdorligi to‘g‘risida ma’lum qilish maqsadida o‘zining rasmiy veb-saytida qirq besh kalendar kun muddatda e’longa joylashtirdi.

– Qiziqish bildirish uchun so‘rov formasi (EOI Submission form);

– Loyiha konsepsiyasi;

– Talablar :

Tenderda ishtirok etish istagi bo‘lgan tomonlar o‘zlarining qiziqish uchun so‘rovlarini 2020 yil 6-noyabr kuni, Toshkent vaqti bilan soat 20.00-ga qadar topshirishlari lozim.

• Qiziqish bildirish uchun tasdiqlangan so‘rov formasi va xujjatlar (hisobotlar) to‘liq hamda o`z vaqtida taqdim qilinmagan taqdirda berilgan takliflar rad etiladi.

Qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash klaster xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha etarli darajada malaka tajribaga ega bo‘lishi lozim

Moddiy va texnik jihatdan ta’minlangan bo‘lishi lozim.

Murojaat uchun:

Davlat sherigidan mas’ul shaxslar

Murojaat uchun veb-sayt: eco.gov.uz
Biriktirilgan xodim: M. Xursanov, F. Babakulov
tel: 71 207-07-70 (1072#), 99 845-97-04, 98 128-97-22, 71 268-34-48


DXSh agentligi tomonidan mas’ul shaxslar

E-mail: pppinfo@ppp.mf.uz (undan tashqari pppdauz@gmail.com pochtasiga ham nusxa jo‘natilishi kerak)

Biriktirilgan xodim: T.Irgashev
tel: 71 203-03-07, 93 590-51-11, E-mail: TIrgashev@ppp.mf.uz

Useful resources