Dam olish kunlarida ob-havo
04.
12. 2020
16:04
5662
News

Bugun kunning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda ob-havo sharoitini Volga bo‘yi ustida joylashgan sovuq antitsiklon periferiyasi belgilaydi. Bu degani, bugun yog‘ingarchilik ehtimoli faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida saqlanib turadi. Janubiy va markaziy hududlar ustida qatlamli to‘p-to‘p bulutlardan hosil bo‘lgan qatorlar cho‘zilib ketishi davom etadi, harorat foni esa iqlimiy me’yorlardan 6-8 darajaga past bo‘ladi. Respublika shimolida ancha sovuq bo‘ladi, kunning o‘rtasida havo harorati 5-8 daraja sovuqni, Orol bo‘yida 12-15 daraja sovuqni tashkil etadi.

Dam olish kunlari antitsiklon periferiyasi kuchayadi, bulutlar kamayadi. Kechalari havo harorati 4-7 daraja sovuqqacha, shimolning eng chekkasida ba’zi joylarda 17-20 daraja sovuqqacha bo‘ladi. Kunduz kunlari havo 4-7 daraja iliqqacha ko‘tariladi, lekin o‘rtacha kecha kunduzlik harorat odatdagidan biroz past bo‘ladi.


Manba: https://www.meteo.uz/#/uz

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources