Navoiy viloyati. Davlat inspektorlar 120 kg qizilqanot baliqlarini beg‘araz yordam sifatida tuman kasalxonasiga topshirdi
18.
12. 2020
10:05
5626
Econadzor

Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasining Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining suv ob’ektlarini muhofaza qilish tezkor guruhi davlat inspektorlari tomonidan nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi. Nazorat reyd tadbiri davomida Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro S. G. tegishli avtomashina to‘xtatilib tekshirilganda avtomobil yukxonasida 120 kg qizilqanot baliqlarini hech qanday ruxsatnomasiz olib ketayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtK ning 63-moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 2 230 000 so‘m miqdorda jarima belgilandi.

Millatimiz azal-azaldan mehr-oqibatli bo‘lib kelgan. Yiqilganni suyash, ko‘makka muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish azaliy odatlarimizdan biridir. Davlat inspektorlar tomonidan 120 kg qizilqanot baliqlarini beg‘araz yordam sifatida tuman kasalxonasiga topshirdi.


Navoiy viloyati Ekologiya boshqarmasi
Axborot xizmati

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Axborot xizmati

 


 

Useful resources