Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi A. Maksudov Buxoro viloyatiga xizmat safari doirasida «Jayron» pitomnikida bo‘lib, u yerda ekologik turizmni tashkil qilish, rivojlantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Mas’ullar bilan uchrashuv davomida pitomnikning turistik salohiyati muhokama qilinib, mehmonlar uchun qulayliklar yaratish maqsadida markazda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar, uning tarixi haqida batafsil ma’lumotlar berilishi, bunda zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng tatbiq etish yuzasidan vazifalar belgilandi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati