Dubay cho‘llarida plastikdan iborat chiqindilar bilan ozuqalangan yuzdan ortiq tuyalar xalok bo‘ldi
28.
12. 2020
12:42
10721
News

Tuyalar plastik idishlarda qolib ketgan ozuqalarni idishlardan ajratmagan holda iste’mol qilishlari natijasida bir necha oylar mobaynida ular oshqozonida to‘planib qolgan.

Fors ko‘rfazi mamlakatlarida plastik chiqindilarni o‘rgangan olim Markus Yerkisen ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim tuyalar oshqozonida 60 kg gacha plastik mavjud bo‘lgan. Chiqindilar jonivor oshqozonini to‘ldirib, ochlik xissini susaytiradi, natijada ular ozuqalanmay qo‘yadilar.

Cho‘lda chiqindi poligoni mavjud bo‘lmasa-da, lekin amirliklarda tez-tez takrorlanib turadigan qumli shamollar ta’sirida plastik paketlar havoga yengil ko‘tarilib, mamlakat bo‘ylab har tomonga, shu jumladan odamlar yashamaydigan joylarga ham uchirib boradi.

Eriksen ta’kidlaganidek, tuyalar qum bo‘lmagan barcha narsalarni yeydi. Muammo ham ana shunda. Shu bilan birga bu kabi chiqindilarda turli bakteriyalar mavjud bo‘lib, ular ham jonivorlarni xalok etishi mumkin.

Manba: Daily Mail

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources