«Ikki buyuk siymo» mavzusida davra suhbati
11.
02. 2021
16:32
5490
News

2021 yil 11 fevral kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi huzuridagi Atrof muhitni muhofaza qilish sohasidagi xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markazida Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi va Zahiriddin Muxammad Bobur  tavalludining 538 yilligiga bag‘ishlangan «Ikki buyuk siymo» mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda, shuningdek, «Mehnat shuhrati» va «Do‘stlik» ordenlari sohibasi, shoira Zulfiya Mo‘minova, O‘zbekiston ekologik partiyasi deputatlari hamda Yakkasaroy tumanidagi 160-son ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi o‘quvchi-yoshlari ishtirok etdilar.

Buyuk mutafakkirning bebaho asarlari insonlar o‘rtasida mehr-oqibat va samimiyat tuyg‘ularini mustahkamlaydi. She’riyat sultonining asarlari bugungi kunda juda ko‘plab tillarga tarjima qilingan, haykallari eng taraqqiy topgan mamlakatlarda qad ko‘tarib turibdi. Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur merosini keng va atroflicha o‘rganish, ularning asarlarida ulug‘langan g‘oyalar mazmunini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongiga yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, bu ikki buyuk siymo adabiy merosida ona Vatan, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni asrash, uni sevish, uni sofligicha saqlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, ularni tizimli va muntazam ravishda o‘rganish, targ‘ib qilish ham farz ham qarz.

«Ikki buyuk siymo» mavzusida davra suhbati

«Ikki buyuk siymo» mavzusida davra suhbati

«Ikki buyuk siymo» mavzusida davra suhbati

«Ikki buyuk siymo» mavzusida davra suhbati

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources