Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 10 fevralidan 11 fevraliga o‘tar kechasi Toshkent shahrining 32 ta nuqtasida badbo‘y yoqimsiz hid tarqalgan va buning oqibatida aholining jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘lgan.
Unga muvofiq quyidagi ya’ni, Amir Temur shox ko‘chasi, Chizelniy massivi, Pedagogika instituti atrofi, Tamara Xanum ko‘chasi, Qo‘ylik-1, 6, 7, Sputnik 10, Chilonzor-1, 13, Chilanzar TS massiv, Darxon, Sergeli 2, Sergeli 7, Qoraqamish, Suvchi, Bektemir, Do‘mbrobod, Panelnыy, Mirzo Ulug‘bek tuman mudofaa bo‘limi, Uchtepa 15, TTZ, Feruza massivlari, Chorsu TS-26, Algoritm, Baynalminal ko‘chasi, Mirzo-Ulugbek metrosi atrofi, Tekstil instituti atrofi, Halqlar Do‘stligi metrosi atrofi, Beshyog‘och, Yunusabad-5, Volgogradskiy va «Coca-Cola» zavodlari hududi bayon etilgan.
Ayni damda mazkur ishchi guruh tomonidan bayon etilgan holatga oydinlik kiritish maqsadida qayd etilgan nuqtalarda atmosfera havosidan va oqova suvlarning ochiq suv havzalariga yoki yer rel’efiga tashlanmalaridan namunalar olish va tahlillar o‘tkazish ishlari boshlab yuborildi.
Batafsil ma’lumotlar qo‘shimcha tarzda ma’lum qilib boriladi
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati