2021 yil 10 mart kuni Davlat ekologiya qo‘mitasi raisi A. Maksudov Farg‘ona viloyatiga xizmat safari doirasida Farg‘ona viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi yosh kadrlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda yosh kadrlarni qiynab kelayotgan muammolar, taklif hamda tashabbuslar tinglandi. Uchrashuv doirasida to‘lov-shartnoma asosida tahsil olib kelayotgan uch nafar yosh kadrning kontrakt pullari to‘lab berilishi ma’lum qilindi.
Shu bilan birga sohada faol ishlab kelayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida faxriy yorliq, qimmatbaho sovg‘alar hamda pul mukofotlari bilan rag‘batlantirildilar.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati