Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 sentyabrdagi «Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4845-sonli Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan respublikaning barcha hududlarida maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni davlat-xususiy sheriklikning yangi modeli asosida boshqarish bo‘yicha loyiha kontseptsiyalari ishlab chiqilmoqda.
2021 yilning I-yarim yilligida jami 35 ta loyiha, jumladan Andijonda 7 ta, Samarqandda 1 ta, Sirdaryoda 2 ta, Jizzaxda 3 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 ta, Surxondaryoda 2 ta, Xorazmda 3 ta, Qashqadaryoda 7 ta, Namanganda 1 ta, Farg‘onada 1 ta va Toshkent viloyatida 7 ta davlat-xususiy sheriklik loyiha kontseptsiyalari ishlab chiqilib, tadbirkorlik sub’ektlari uchun e’longa qo‘yish rejalashtirilgan.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati