Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni davlat-xususiy sheriklik asosida boshqarish yuzasidan 2021 yilning I-yarim yilligida 35 ta loyiha ishlab chiqiladi
11.
03. 2021
20:35
5920
Yangiliklar

Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 sentyabrdagi «Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-4845-sonli Qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan respublikaning barcha hududlarida maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni davlat-xususiy sheriklikning yangi modeli asosida boshqarish bo‘yicha loyiha kontseptsiyalari ishlab chiqilmoqda.

2021 yilning I-yarim yilligida jami 35 ta loyiha, jumladan Andijonda 7 ta, Samarqandda 1 ta, Sirdaryoda 2 ta, Jizzaxda 3 ta, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 ta, Surxondaryoda 2 ta, Xorazmda 3 ta, Qashqadaryoda 7 ta, Namanganda 1 ta, Farg‘onada 1 ta va Toshkent viloyatida 7 ta davlat-xususiy sheriklik loyiha kontseptsiyalari ishlab chiqilib, tadbirkorlik sub’ektlari uchun e’longa qo‘yish rejalashtirilgan.

Hozirgacha Samarqand hamda Andijon viloyatlarida 1 tadan davlat-xususiy sheriklik loyihalari yuzasidan tender o‘tkazish haqidagi e’lonlar Davlat ekologiya qo‘mitasining www.eco.gov.uz rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan bo‘lib, batafsil ma’lumotlarni mazkur saytning e’lonlar bo‘limidan yoki (71) 207-07-70 (1072#, 5003#) telefonlari orqali olish mumkin.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Foydali manbalar