Ommaviy axborot vositalari vakillarini Davlat ekologiya qo‘mitasi huzurida akkreditatsiya qilish tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 23 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi ommaviy axborot vositalari vakillarini davlat hokimiyati organlari huzurida akkreditatsiya qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida» gi 243-son qaroriga muvofiq Davlat ekologiya qo‘mitasi huzurida ommaviy axborot vositasi muxbirini akkreditatsiya qilish uchun tahririyat o‘zining rasmiy blankasida bosh muharririning imzosi qo‘yilgan, muhr bilan tasdiqlangan buyurtmanoma taqdim etadi.
Tahririyatning buyurtmanomasida quyidagilar ko‘rsatilishi kerak:
– ommaviy axborot vositasining nomi va turi;
– ixtisoslashuvi;
– tarqalish hududi;
– elektron pochta manzili;
– tahririyatning telefonlari va fakslari raqamlari;
– akkreditatsiyaga taqdim etilgan muxbirning familiyasi, ismi va otasining ismi;
– kasb vazifalarini bajarish uchun ushbu muxbir o‘zi bilan birga olib yurishi zarur bo‘lgan apparatlar.
Buyurtmanomaga batafsil ma’lumotlar (muxbirning xizmat mavqei, pasportiga oid ma’lumotlar, diplomi nusxasi, elektron pochta manzili, telefon va faks raqami) mavjud bo‘lgan ma’lumotnoma hamda belgilangan shakldagi to‘rtta fotosurat ilova qilinadi.
Yuborilgan ariza belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati