O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati
– Tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ularni qayta tiklash, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish va iqlim o‘zgarishi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
– Tabiatni muhofaza qilish, jumladan, atmosfera havosi, er, yer osti boyliklari, suv, o‘rmonlar, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda davlat ekologik nazoratini yuritish;
– O‘rmonlarni muhofaza qilish, himoya qilish, ko‘paytirish, qayta tiklash, ularning mahsuldorligini oshirish va ulardan oqilona foydalanilishini ta’minlash
– Gidrometeorologiya xizmatini tashkil etish, iqlim o‘zgarishi va atrof tabiiy muhit ifloslanishi monitoringini yuritish;
– Tabiatni muhofaza qilish borasida fuqarolik jamiyati institutlari hamda jamoatchilik bilan hamkorlikni rivojlantirish, ekologik tarbiya, targ‘ibot, ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash ishlarini tizimli tashkil etish;
– “Yashil” o‘sish tamoyillarini joriy etish, atrof-muhitga zararli tashlanmalarni qisqartirish hamda inson faoliyatining tabiatga salbiy ta’sirini kamaytirish;
– Tabiatni muhofaza qilishga raqamli texnologiyalarni joriy etish, monitoring yuritishda inson omilini qisqartirish va avtomatlashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish;
– Ekoturizm, ov va safari turizm sohasini yanada rivojlantirish, o‘rmon xo‘jaliklari va milliy tabiat bog‘larining (qo‘riqxonaga aylantirilgan zonalar bundan mustasno) imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda tegishli infratuzilma obyektlarini yaratish, xorijiy va ichki sayyohlarga munosib shart-sharoit yaratish va ularga xizmat ko‘rsatilishini ta’minlash;
– Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilik talablari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qo‘yish uchun ta’sirchan choralarni qo‘llash;
– Atrof-muhit holatini kuzatib borish, atrof-muhitning ifloslanishiga, tabiiy resurslardan nooqilona foydalanilishiga olib kelishi, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘iga tahdid solishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash;
– Amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyati va boshqa faoliyatning tabiatni muhofaza qilish standartlari, normalari, qoidalari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiqligini nazorat qilish va qonuniy choralar ko‘rish;
– Yuridik va jismoniy shaxslarning tabiatni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini, ular tomonidan majburiyatlar bajarilishini ta’minlash;
– O‘rmonlardan oqilona foydalanish ustidan nazoratni o‘rnatish, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, o‘rmonlarning yer ustida va aviatsiya yordamida qo‘riqlanishini tashkil etishni nazorat qilish;
– Turizm sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, unda ishtirok etuvchi davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini muvofiqlashtirish hamda mazkur sohada qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
– Turizm sohasiga oid kompleks dasturlarni ishlab chiqish, turizm xizmatlari bozorida raqobatni rivojlantirish hamda turizm sohasida faoliyat yuritadigan nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash;
– Mamlakatning turizm salohiyati ko‘lamini kengaytirish, turizmni iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida rivojlantirish, turizm turlarini ko‘paytirish, yangi turizm yo‘nalishlarini ishlab chiqish hamda turizm imijini mustahkamlash.
Hududiy boshqarmalarning asosiy vazifalari
1) Ekologiya vazirligiga yuklangan vazifa va funktsiyalarni hududda samarali bajarish;
2) Viloyat, shahar, tumanlar hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmatining maxalliy ijroiya hokimiyati organlari rahbarlari boshchilik qiladigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar (keyingi o‘rinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar deb ataladi) bilan o‘zaro hamkorlik qilish;
4) Atrof muhitning qulay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va alohida obʻektlar muhofaza qilinishini, ekologik sharoitning sog‘lomlashtirilishini taʻminlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
5) Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat nazoratini, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan mustahkam hamkorlikda maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va ko‘mish borasida taʻsirchan tizimni amalga oshirish;
6) Yer, yer osti boyliklari, suv, hayvonot va o‘simlik dunyosini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish, atmosfera havosini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan davlat ekologik nazoratini amalga oshirish;
7) Hududda ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasidagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jismoniy va yuridik shaxslarning faoliyatini muvofiqlashtirish;
8) Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat kadastri va monitoringini, shuningdek, yovvoyi hayvonlarni, yovvoyi o‘simliklarni ko‘paytirish va saqlash pitomniklarini, zoologiya va botanika kollektsiyalarining davlat hisobini yuritish;
9) Ekologik tarbiya, targ‘ibot va taʻlimni, shuningdek, ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
10) Atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi huquqbuzarliklar profilaktikasini taʻminlash;
11) Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi masalalarida jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlari bilan mustahkam hamkorlikni, qulay atrof muhitga bo‘lgan fuqarolar huquqini taʻminlash.
Hududiy boshqarmalarning asosiy funksiyalari
1) Hayvonot va o‘simlik dunyosidan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash, atmosfera havosi, yer osti boyliklarini muhofaza qilish hamda ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida mahalliy davlat boshqaruvini amalga oshirish;
2) O‘z vakolatiga tegishli yoki atrof muhitga salbiy taʻsir ko‘rsatuvchi masalalar bo‘yicha mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqish va kelishish;
3) Atrof muhitni muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish yuzasidan ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish tadbirlari dasturlarini kelishish;
4) Mahalliy davlat hokimiyati organlariga yangi muhofaza qilinadigan tabiiy hududlarni tashkil etish, ularga nom berish va ularni qayta nomlash bo‘yicha takliflar kiritish;
5) Mahalliy aholini atrof muhit holati va uni sog‘lomlashtirish bo‘yicha joylarda ko‘rilayotgan choralarga doir maʻlumotlar bilan taʻminlash;
6) Chiqindilarni yig‘ish, saralash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
7) Mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlikda chiqindi to‘plash shoxobchalaridan foydalanish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, poligonlarini boshqarish, chiqindilarni utilizatsiya qilish, qayta ishlash, ko‘mish va realizatsiya qilish masalalari bo‘yicha sanitariya jihatidan tozalashga ixtisoslashtirilgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
8) Mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari bilan joylardagi ruhsat etilmagan chiqindixonalarni bartaraf qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda hamkorlik qilish;
9) Chiqindilar saqlanadigan hududlardagi tuproqni ifloslantiruvchi manbalarning monitoringini olib borish;
10) Joylarda atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha davlat dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizim tashkilotlari haqida
MAʻLUMOTNOMA
Atrof-muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti
Atrof muhit va tabiatni muhofaza qilish texnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda — Institut) faoliyatini yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
atrof muhitning joriy holatini o‘rganish, ifloslantiruvchi moddalarning bioxilma-xillikka, jumladan, noyob, yo‘q bo‘lib ketish arafasida turgan o‘simlik hamda hayvon turlariga taʻsirini o‘rganish;
er resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish, yerlar degradatsiyasiga qarshi kurashish va uning oldini oluvchi texnologiyalar bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
er osti va yer usti suvlari ifloslanishining oldini olish, oqova suvlarni tozalash va qayta ishlash bo‘yicha samarali usul hamda texnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar o‘tkazish;
atmosfera havosining joriy holati, undagi ifloslantiruvchi moddalarning atrof muhit va tabiatga taʻsiri masalalari bo‘yicha chuqur fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borish, atmosfera havosining ifloslanishini kamaytirishni taʻminlovchi yangi, samarali uslub va texnologiyalarni ishlab chiqish;
maishiy va turli chiqindilarni qayta ishlash va utilizatsiya qilishni taʻminlovchi samarali uslub hamda texnologiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha amaliy tadqiqotlar olib borish;
“yashil” texnologiyalarga o‘tishni jadallashtirish va resurs tejamkor texnologiyalarni keng joriy etish orqali “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar o‘tkazish;
global iqlim o‘zgarishining ekologiya va atrof muhitga salbiy taʻsirini kamaytirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ekotizim xizmatlarini amalga oshirish orqali atrof muhitni muhofaza qilish va tegishli normativ hujjatlarni ishlab chiqish;
ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish sohasi uchun malakali ilmiy kadrlarni tayyorlash, taʻlim, ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy taʻlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan aloqalar o‘rnatish va grantlar asosida ilmiy tadqiqotlar olib borish;
zamonaviy ilmiy-laboratoriya bazasini shakllantirish, uni ilg‘or texnologik asbob-uskunalar bilan jihozlash hamda sohani rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish va ularning integratsiyasi bo‘yicha samarali tizimni shakllantirish.
Atrof muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashtirilgan analitik nazorat markazi
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
respublika atmosfera havosi, yer yuzasidagi suvlar, tuproq, hayvonot va o‘simlik dunyosining ifloslanish manbalari to‘g‘risidagi maʻlumotlarni, analitik nazorat natijalarini tizimlashtirish va umumlashtirish;
chiqindilarni ko‘mish (joylashtirish)da ekologik xavfsizlik talablariga rioya qilinishi, radiatsiya xavfsizligi taʻminlanishining analitik nazoratini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining hududiy boshqarmalariga tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi talablariga rioya etilishi yuzasidan inspektsiyaviy analitik nazorat, ifloslantirish manbalari monitoringi bo‘yicha ishlarni amalga oshirishda rahbarlik qilish hamda tashkiliy-uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish;
oqova va tashlanmalar, chiqindilar, tabiiy muhit obʻektlari ifloslanishi namunalarini olish hamda ularning fizik-kimyoviy analizlarini olib borishning ilg‘or usullarini o‘zlashtirish, takomillashtirish, zarur holatlarda, ishlab chiqish, qayta mukammal ishlash va joriy qilish;
atmosferaga moddalar tashlanmalari nazorati va arbitraj o‘lchovlari o‘tkazilishini, tabiiy muhit obʻektlari ifloslanishi
Markazning funktsiyalarni quyidagilar:
a) respublika atmosfera havosi, yer usti suvlari, tuproq, hayvonot va o‘simlik dunyosining ifloslanish manbalari to‘g‘risidagi maʻlumotlarni, analitik nazorat natijalarini tizimlashtirish va umumlashtirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha geoaxborot tizimlari texnologiyalari asosida analitik nazorat va ifloslantiruvchi manbalar monitoringining axborot-kartografik maʻlumotlar bazasini shakllantiradi;
Markazning axborot byulletenlari va boshqa rasmiy nashrlarini hamda tabiiy muhitning holati to‘g‘risidagi materiallar va boshqa maʻlumotlar chop etilishini tashkillashtiradi va amalga oshiradi;
davlat monitoringi tizimida atrof muhit holatini kuzatishni amalga oshirish, atrof tabiiy muhitni ifloslantirish manbalari monitoringi va analitik nazorat natijalari to‘g‘risidagi maʻlumotlarning davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga belgilangan tartibda taqdim etilishini taʻminlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasida favqulodda vaziyatlarda ogohlantirish va harakat qilish davlat tizimi (FVDT)ning manfaatdor funktsional va hududiy quyi tizimlarini ekologik vaziyat, atmosfera havosiga zararli moddalarning tashlanishi, oqova suvlarning sifati, tuproqning va suv resurslarining ifloslanishi to‘g‘risidagi maʻlumotlar bilan belgilangan tartibda taʻminlaydi;
atrof muhitning (havo, suv va tuproq) radionuklidlar va boshqa xavfli moddalar bilan ifloslanishi holati to‘g‘risidagi maʻlumotlarni to‘playdi, tahlil qiladi va umumlashtiradi, ularning Favqulodda vaziyatlar vazirligining Tang vaziyatlarni boshqarish markaziga va uning hududiy boshqarmalarining axborot-tahlil xizmatlariga (tezkor navbatchilar guruhlariga), shuningdek manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazilishini amalga oshiradi;
"Davlat ekologik ekspertizasi markazi" DM
Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
mo‘ljallanayotgan, rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini va ekologik ekspertiza obektini ro‘yobga chiqarish (realizatsiya qilish) mumkinligi yoki mumkin emasligini aniqlashda davlat ekologik ekpertizasini o‘tkazish;
amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyat tomonidan atmosfera havosiga chiqariladigan tashlamalarining, yer usti suv oqimlari yoki joy relefiga ifloslantiruvchi moddalar oqovalarini oqizishning, ishlab chiqarish va isteʻmol chiqindilari hosil bo‘lishi hamda ularni joylashtirishning yo‘l qo‘yiladigan cheklangan ekologik normativ loyihalarini davlat ekologik ekspertizasidan o‘tkazish;
davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish uchun ekspert va mutaxassislarni, shu jumladan, xorijiy va xalqaro ekspertlarni jalb qilish;
davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish masalalari bo‘yicha tajriba almashishda boshqa mamlakatlarning soha yo‘nalishidagi xalqaro tashkilotlar bilan belgilangan tartibda hamkorlik qilish;
atrof-muhitga taʻsirni baholash bo‘yicha materiallar va ekologik normativlar loyihalarini ishlab chiquvchi tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan materiallar va loyihalar sifatini baholash hamda ishlab chiquvchi tashkilotlarning reytingini shakllantirish;
muassis bilan kelishilgan holda zamon talablari, davlat va soha standartlari va meʻyorlariga muvofiq davlat ekologik ekspertizasi tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazish tizimini tartibga soluvchi qonun hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqish va tasdiqlash uchun muassisga kiritish;
davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishni professional darajada amalga oshirish borasida mutaxassis va xodimlarni o‘qitish, kasb mahoratini va malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkil etish.
“Eko-Media markazi” DM
Quyidagilar Korxona faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, resurslari va maʻlumotlar bazasini yaratish, rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ularni davlatning boshqa organlari tizimlari bilan izchil integratsiyalashtirish, rivojlantirish va olib borish, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ning axborot tizimlari xavfsizligini taʻminlash;
atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish
va chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishning monitoringi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
zamonaviy texnologiyalar va ijodiy yondoshishlardan bevosita foydalangan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida keng jamoatchilik xabardorligini oshirishga qaratilgan axborot-tahlil va obzorli media materiallarini tayyorlash, ekologik madaniyatni oshirish, atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldini olish;
Binolardan foydalanish va kapital qurilish direktsiyasi
Quyidagilar Direksiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
Taʻsischi oldida turgan vazifalarni amalga oshirilishini taʻminlash maqsadida vazirlik tizimida mavjud qurilish ishlarini tashkillashtirish;
Vazirlik tizimida yoki boshqa tashkilotlarda olib borilayotgan qurilish ishlarida injenerlik xizmatlarini ko‘rsatish;
qurilish ishlarida bosh pudratchi va texnik nazoratchi vazifasini amalga oshirish hamda bino-inshoatlardan foydalanish borasida xizmat ko‘rsatish;
kapital qurilish va taʻmirlash hamda obektlarni qayta qurish, obodonlashtirish ishlarida yagona buyurtmachi vazifalarini bajarish;
qurilish obektlarini belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini taʻminlash;
birlamchi ruxsat beruvchi, loyihaoldi va loyiha hujjatlarining belgilangan muddatda sifatli tayyorlanishini taʻminlash, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya qilish;
obektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart- sharoitlar yaratish;
loyihalarni moliyalashtirish manbalarini aniqlash, xaridlarni rejalashtirish, xaridlar tartib-taomillarini belgilash va uning shaffofligi hamda qonuniyligini taʻminlash;
loyihalarni boshqarish va qurilish ishlari bo‘yicha texnik nazorat olib borilishini taʻminlash, mualliflik nazoratini tashkil etish hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilgan holda obektlarni foydalanishga qabul qilish ishlarini tashkil etish;
subʻektlarning shaharsozlik faoliyati sohasidagi o‘zaro munosabatlari shaffofligi hamda qonuniyligini taʻminlash;
sanitar tozalash xizmatini ko‘rsatish infratuzilmasi obektlarini qurish, qayta taʻmirlash va undan foydalanish borasidagi ishlarni tashkillashtirish, buyurtmachi va bosh pudratchi sifatida ishtirok etish;
har yilgi investitsion dastur ijrosi doirasida tasdiqlanadigan pudrat, qurilish ishlari dasturida belgilab o‘tilgan vazirlik tizimidagi qurilish va pudrat ishlarini amalga oshirish;
xavflilik darajasi yuqori bo‘lgan obektlarda qurilish ishlarini tashkillashtirish va xizmat ko‘rsatish;
Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi
sohaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ularni rivojlantirish, abonentlar hamda to‘lovlar hisobining yagona billing tizimi, shu jumladan elektron to‘lov tizimlarini takomillashtirish;
chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun majburiy to‘lovlarni undirishda elektron to‘lov tizimlaridan foydalanish xarajatlarini markazlashtirilgan holda qoplash;
aholini maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari bilan to‘liq qamrab olish, maishiy chiqindilarni saralash va qayta ishlash hajmini oshirishga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish, sohaga zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etish;
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun tariflarni shakllantirish, iqtisodiy-texnik jihatdan asoslantirish, vakolatli organlar bilan kelishish borasida ishchi organ vazifasini bajarish;
sohaga xususiy sektorni keng jalb qilish, davlat-xususiy sheriklik bitimlarini amalga oshirishda ishtirok etish, investitsiya loyihalari yuzasidan loyiha takliflari va biznes-rejalarni ishlab chiqish hamda ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish;
maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlarini ko‘rsatish holatini tizimli monitoring va tahlil qilish, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tizimiga kiruvchi sanitar tozalash korxonalarining moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini muvofiqlashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati agentligi
gidrometeorologik kuzatuvlarning davlat tizimini rivojlantirish va takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot tarmoqlari, aholi va qurolli kuchlarini gidrometeorologik maʻlumotlar bilan taʻminlash;
Davlat gidrometeorologik axborotlar fondi, atrof muhit ifloslanishi haqidagi axborotlar davlat fondi, yuza suvlar davlat hisobini tashkil etish va uni yuritish;
Davlat suv kadastrini yaratish va olib borish bo‘yicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish;
Atmosfera havosi, tuproq, yuza suvlar ifloslanishi, shuningdek, hafli gidrometeorologik hodisalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bo‘yicha muntazam kuzatuvlar o‘tkazish;
Ob-havo, daryolar suvliligi, iqlim o‘zgarishining qisqa va uzoq muddatli prognozlashni yaxshilash bo‘yicha ilmiy-tekshirish ishlarini o‘tkazish.
O‘rmon xo‘jaligi agentligi
Davlat o‘rmon fondiga kiradigan yerlarda Qizil kitobga kiritilmagan o‘simlik turlarini yig‘ish (tayyorlash)/tabiiy muhitdan ajratib olishga ruxsatnoma
O‘rmon fondining pichan o‘rishga mo‘ljallangan maydonlarda pichan o‘rish uchun ruxsatnoma
O‘rmon fondi yaylov hududlarida chorva mollarini boqish uchun ruxsatnoma
O‘rmon fondi yerlarini davlat xususiy sherikchilik asosida ijaraga berish auktsion portali