Davlat ekologiya qo‘mitasi tizimida qariyb 700 nafarga yaqin yigit-qiz faoliyat ko‘rsatib, soha rivojiga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda. So‘nggi yillarda Qo‘mitaga yoshlarni keng jalb etishga alohida e’tibor qaratilyapti.
Shu yilning bir 2020 yil yanvar-iyun oylari davomida 400 ga yaqin yigit-qiz ishga qabul qilindi. Shuningdek, Qo‘mita tomonidan 2020 yil uchun ishsiz yoshlar (18-30 yosh) bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli reja ishlab chiqilgan bo‘lib, shu asosda 900 nafarga yaqin yigit-qizni ish bilan ta’minlash rejalashtirilgan.
Bugun yurtimizda nafaqat fuqarolar orasida ekologik madaniyatni oshirish, balki sohada yetuk mutaxassislar tayyorlash va ilmiy tadqiqotlar olib borishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.