Cheklangan ma’lumotlar ro‘yhati

 

Konfidensial axborotlar sirasiza kiritilgan ma`lumotiar

RO`YXATI

1. Vazirlik xodimlarining shaxsiy maʼlumotlari togrisidagi axborotlar.

shuningdek, uning shaxsiy vigmajildi. T-2 shakidagi shaxsiy kartalari,  mehnat daftaridagi yozuvlar (qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno).

2. Vazirlik xodimlarining shaxsiga oid maʼlumotlar, uning shaxsiy hayoti sirini ochuvchi axborotiar (qonun hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno)

3. Axborot olish cheklangan tergov va sud yurituvi siri hisoblangan maʼlumotlar.

4. Axborot egasi axborot olishni cheklagan xizmatga doir maʼlumotlar.

5. Axborot olish cheklangan tijorat siri hisoblangan maʼlumotiar.

6. Ixtiro, foydali model yoki sanoat namumasi togrisidagi maʼlumotlar, ushbu maʼlumotlar rasmiy tarzda eʼlon gilingunga qadar.

 

Xizmat siriga tegishli ma’lumotlar

RO‘YXATI

 

1. Vazirlikning rasmiy yozishmalaridagi, ichki va tashqi buyruqlardagi maʼlumotlar, xizmat telefoni suhbatlari, pochta aloqalari, telegraf va boshqa elektron pochta tarmoqlari orqali uzatiladigan xabarlar.

2. Boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirish mexanizmi to‘g‘risida maʼlumotlar.

3. Xizmat uchrashuvlarining o‘tkazilishi, kun tartibi va natijalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar (yig‘ilish boshqa tashkilotlar bilan birgalikda o‘tkaziladigan hollar bundan mustasno).

4. Axborot texnologiyalarini muhofaza qilish tizimini tashkil etish to‘g‘risidagi maʼlumotlar, avtomatlashtirilgan tizimlarda axborotni himoya qilish uchun vazirlikda qo‘llaniladigan apparat va dasturiy taʼminot, asosiy maʼlumotlar, ularni vazirlikda qayd etish, saqlash, yuborish va yangilash tartibi to‘g‘risidagi hujjatlar.

5. Moliya-xo‘jalik sohasida: vazirlikning birlamchi hisob hujjatlari, xodimlar ish haqi va ustamalari, buxgalteriya registrlari, moliyaviy hisobotlar.

6. Xizmat doirasida foydalanish uchun chiqarilgan barcha normativ-huquqiy hujjatlar.

7. Vazirlik, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari.

8. Vazirlikning vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan yozishmalari.

9. Vazirlikning o‘z tizimida foydalanish maqsadida chiqarilgan barcha hujjatlari (buyruqlar, qarorlar, yo‘riqnomalar, topshiriqlar va shu kabi hujjatlar).

10. Ijro qilish uchun yuqori turuvchi tashkilotlardan kelgan hujjatlar, topshiriqlar.

11. Xizmat doirasida foydalanishga oid bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining ekologik og‘ir hududlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar.

12. Xizmat doirasida foydalanishga oid bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi hududiga chiqindilarni saqlash va utilizatsiya qilish obyektlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar.

13. Vazirlik tizimi xodimlarining chet el xizmat safarlari to‘g‘risidagi maʼlumot va hisobotlari.

14. Xalqaro loyihalarni (konvensiya, memorandum, shartnomalar va boshqalar) ishlab chiqish va kelishish to‘g‘risidagi maʼlumotlar.

15. Rekultivatsiya qilingan yer uchastkalari, hovuzlar va ulardagi suvning holati to‘g‘risidagi maʼlumotlar.

16. Xizmat siriga tegishli bo‘lgan idoralararo ishchi guruhlar ishtirokchilari va maqsadlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar hamda ularning hisobotlari.

17. Davlat ekologik ekspertizasi o‘tkazilganligi va o‘tkazilishi to‘g‘risidagi maʼlumotlar hamda xulosalari.

18. Yadro va radiatsiya xavfsizligi bo‘yicha komissiya ishlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar.

 

 

 

 


Foydali manbalar