O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Alisher Maksudov 2021 yil 27 mart kuni Toshkent viloyatiga xizmat safari doirasida Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog‘ida bo‘ldi.
Mazkur hudud noyob flora va faunasi bilan ajralib turadi. Milliy bog‘ning o‘ziga xos landshaftiga mamlakatimizdan tashqarida ham qiziqish katta. Ayrim tabiiy yodgorliklar uzoq-yaqindan ko‘plab sayyohlarni jalb etishi ham sir emas. Tog‘li tabiat manzaralari, tog‘ ko‘llari, sharsharalar, chiroyli gullaydigan o‘simliklar, betakror hayvonot dunyosi, suv omborlari, petrogliflar, archazoru qayinzorlar shular jumlasidandir.
Qo‘mita raisi milliy bog‘ mutasaddilari bilan suhbat davomida hududning ekoturistik salohiyatini yanada oshirish, soha taraqqiyotiga yo‘naltirilgan davlat dasturlarida belgilangan dolzarb vazifalarning ijrosini bevosita o‘rganar ekan, mavjud masalalar mohiyatiga innovatsion yondashish lozimligi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini kuchaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati