O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisi Alisher Maksudov poytaxtimizdagi Ekobog‘da Toshkent shahar aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazdi.
Ochiq havodagi ochiq muloqotda shaharning turli tumanlaridan kelgan fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar, jamoatchilik e’tiborini jalb qilish zarur bo‘lgan masalalar yuzasidan mutasaddilarga murojaat qilishdi. Ushbu murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi.
O‘rganish talab qiladigan masalalar bo‘yicha tegishli mutaxassislar ishtirokida ishchi guruhlar tuzildi. Ular o‘rganish natijalarini murojaat mualliflari bilan birgalikda ko‘rib chiqishadi.
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati