Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasi. Rasmiy xabar
06.
07. 2021
17:15
4471
News

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tarkibidagi Chotqol davlat biosfera qo‘riqxonasining dengiz satxidan 1500-1700 metr balandlikdagi Teraklisoy hududida anomal ob-havo ta’sirida yong‘in chiqqan. Bu haqda shu atrofda xizmat o‘tayotgan qo‘riqxona inspektorlari 2021 yil 5 iyul kuni o‘zlarida mavjud aloqa vositalari orqali xabar berishdi.

Yong‘in hududi kengayib ketishining oldini olish va uni butunlay o‘chirish, qolaversa, yurish va harakatlanish qiyin bo‘lgan tog‘ning yuqori qismida o‘t chiqishining sabablarini aniqlash maqsadida shu kunning o‘zida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Milliya gvardiya va Davlat ekologiya qo‘mitasi tomonidan qo‘shma tadbir o‘tkazildi.

Qariyb bir gektarni egallagan yong‘inda asosan qurigan o‘t-o‘lanlar yongan, ko‘p yillik daraxtlarga zarar yetishining oldi olingan. 2021 yilning 6 iyul holatiga yong‘in to‘liq o‘chirilib, qo‘shma tadbirda qatnashganlar orasida jarohatlanish qayd etilmadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources