Sanoat korxonalari va raqamli texnologiyalar
27.
07. 2021
17:56
4575
News

“Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasi doirasida atmosfera havosini ifloslantirish manbalarida namunalar olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik qurilmalarni respublikadagi yirik sanoat korxonalariga o‘rnatish masalasi muhokama qilindi.

Hozirgi kunda qayd etilgan qurilmalarni ishlab chiqaruvchilar orasida “Modcon” (Isroil), “Envea” (Frantsiya), “IMC” (Rossiya), “Emerson” (AQSh) kompaniyalari yetakchilik qiladi.

Mazkur korxonalar bilan dastlabki muzokaralar natijasida, “Envea” kompaniyasi o‘zining Markaziy Osiyo mintaqasidagi mas’ul vakili “Golden Age LLP” kompaniyasi orqali atmosfera havosini ifloslanishining avtomatlashgan monitoring tizimlarining respublikamizda ishlab chiqarish bo‘yicha lokalizatsiya qilish orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya kiritishga tayyor ekanligini bildirdi.

Muzokara yakunida, Qozog‘istonning “Golden Age LLP” kompaniyasi O‘zbekiston Respublikasi bilan hakmorlikdagi ishlarni yo‘lga qo‘yishga hamda atrof-muhitga ustuvor ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalarda tajriba sifatida avtomatik qurilmalarni joriy etishga kelishib olindi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources