Joriy yilning 8 avgust kuni O‘zbekistonning eng so‘lim go‘shalaridan biri – Zomin milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu xabar barchamizni birdek xavotirga solgan bo‘lsa, xodisa shu kunning o‘zidayoq bartaraf etilgani ko‘nggillarga taskin bo‘ldi.
Yaqinda Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparatining bir guruh xodimlari mamlakatimiz flora va faunasining noyob namunalarini o‘zida saqlab kelayotgan ushbu maskanga sayohat uyushtirdi.
Ichki turizm sayohati doirasida o‘ziga xos “ekoaktsiya” ham tashkil etildi. Davlat va jamoat tashkilotlari ichida birinchilardan bo‘lib tashkil etilgan ekologik aktsiyada yong‘in oqibatida nobud bo‘lgan daraxtlar o‘rniga yangi daraxt ko‘chatlari ekildi.
Shu tariqa davlat soliq xizmati organlari xodimlari Zomin milliy tabiat bog‘iga yashillik olami qaytishiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Shundan so‘ng xodimlar Zomin tumanining boshqa diqqatga sazovor joylarida bo‘ldilar. Sayohat yakuniy qismida tashkil etilgan ma’naviy dastur – kuy-qo‘shiq va raqslar barchaga haqiqiy bayram kayfiyatini ulashdi.
|
Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati