Xushxabar!
16.
09. 2021
15:41
4079
News

YUNESKO tomonidan YUNESKOning Butunjahon tarmog‘iga «Baday to‘qay» nomi bilan ham tanilgan quyi Amudaryo biosfera rezervatini kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari, YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi raisi Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

Qayd etish lozimki, hozir mamlakatimizda YUNESKOning ikkita tabiiy ob’ekti — Chotqol va Amudaryo zaxiralari mavjud. Ma’lumotlarga ko‘ra, quyi Amudaryo biosfera rezervati o‘zining boy fauna va flora dunyosi bilan O‘zbekiston tabiatida muhim ahamiyatga ega.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources