Davlat ekologiya qo‘mitasi delegatsiyasi Orxus konventsiyasi tomonlari yig‘ilishida ishtirok etmoqda
21.
10. 2021
17:11
4110
International cooperation

2021 yil 18-22 oktyabr kunlari Davlat ekologiya qo‘mitasi delegatsiyasi Jeneva shahridagi BMTning Millatlar Saroyida bo‘lib o‘tayotgan Atrof-muhit bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilish jarayonida jamoatchilikning axborot olish, uning ishtiroki va odil sudlovga erishish imkoniyati to‘g‘risidagi Konventsiyasi tomonlar yig‘ilishida ishtirok etmoqda.

Eslatma: Konventsiya 38 ta davlat tomonidan 1998 yil 25 iyun kuni Daniyaning Orxus shahrida "Evropa uchun atrof-muhit" mavzuidagi Yevropa atrof-muhit muhofazasiga mas’ul vazirlarning 4-konferentsiyasi doirasida imzolangan va 2001 yil 30 oktyabr kuni kuchga kirgan. Hozirgi vaqtda 46 ta mamlakat va Yevropa Ittifoqi, shu jumladan, O‘zbekistondan tashqari, Markaziy Osiyoning deyarli barcha davlatlari Konventsiyaning ishtirokchilari hisoblanadi.

Orxus konventsiyasi kuchga kirganining yigirma yilligiga bag‘ishlangan ushbu tadbir tomonlar, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati uchun Konventsiya bilan bog‘liq keng ko‘lamli muammolarni hal qilishda yutuqlar va muammolarni muhokama qilish uchun zamin yaratadi. Sessiyalarda kelgusi davrda Konventsiya faoliyatini boshqarish bo‘yicha bir qator muhim qarorlar qabul qilinadi.

Inson salomatligi va farovonligi uchun sog‘lom muhit uchun inson huquqlarini himoya qilishni qo‘llab-quvvatlash, ekologiya va atrof muhit sohasida qarorlar qabul qilishda jamoatchilik ishtiroki va odil sudlovga erishish Orxus konventsiyasining asosiy maqsadlari hisoblanadi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources