Namangan viloyati. Navbatdagi reyd
22.
12. 2021
10:01
4879
Econadzor

Dekabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan profilaktika reyd tadbirlari reja jadvaliga asosan Namangan viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i birinchi o‘rinbosari A. Sa’dullaev boshchiligida navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd tadbiri natijasiga ko‘ra, fuqaro M. A. tomonidan noqonuniy ravishda, tegishli organlarning ruxsatisiz Norin daryosi o‘zanidan qum- shag‘al aralashmasini fuqaro S. M. tomonidan Uychi tumani Jiydakapa daxasidagi hududdan tuproqni o‘zlariga tegishli bo‘lgan ekskavator yordamida qazib olib, yuk mashinalariga yuklayotganliklari aniqlandi.

Holat yuzasidan ushbu fuqarolarga nisbatan MJtKning 70-moddasi prim 1-qismi hamda 70-moddasi 1-qismiga asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 40 baravari miqdorida, jami 10 mln 800 ming so‘m ma’muriy jarima qo‘llanildi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources