Tayinlov. Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi
30.
12. 2021
13:38
3991
News

Davlat ekologiya qo‘mitasining 2021 yil 23 dekabrdagi buyrug‘i bilan Bo‘riev Qaxramon Jovlievich Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Bo‘riev Qaxramon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi PQ-5843-son Qaroriga muvofiq Davlat xizmatini rivojlantirish Agentligi bilan o‘tkazilgan ochiq mustaqil tanlov g‘olibi.

Bo‘riev Qaxramon 1984 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. 2007 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedogogika universitetini kimyo-ekologiya yo‘nalishi bo‘yicha tamomlagan.

Bugungi kunga qadar u Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Atmosfera havosini muhofaza qilish bo‘limi boshlig‘i lavozimida mehnat faoliyatini olib borgan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources