2021 yilning dastlabki sarhisobi raqamlarda
30.
12. 2021
16:44
4077
Econadzor

Atmosfera havosini muhofaza qilish sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar soni – 12 941 tani (2020 yilda 11 421 ta), belgilangan jarima miqdori – 3 228 mln so‘mni (2020 yilda 2 711 mln so‘m) tashkil etgan.

Aniqlangan qonunbuzarliklar soni 2020 yilga nisbatan 1 520 taga yoki 113 foizga, belgilangan jarimalar summasi – 516 mln so‘mga yoki 119 foizga ortgan.

Aniqlangan huquqbuzarlik holatlari respublika bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 924 tadan to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, eng ko‘p aniqlangan huquqbuzarlik holatlari Andijon viloyatida – 1 852 ta, Samarqand viloyatida – 1 490 ta, Surxondaryo viloyatida – 1 655 ta to‘g‘ri kelgan, eng kam aniqlangan huquqbuzarlik holatlari Toshkent shahrida - 310 ta, Navoiy viloyatida – 368 ta, Buxoro viloyatida - 506 tadan to‘g‘ri kelgan.

2020 yilning shu davriga nisbatan aniqlangan huquqbuzarlik holatlari Buxoro viloyatida 124 foizga, Andijon viloyatida 148 foizga, Qashqadaryo viloyatida 204 foizga ortgan, Sirdaryo viloyatida 28 foizga, Navoiy viloyatida 38 foizga kamaygan.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources