Qoraqalpog‘iston, Mo‘ynoq tumani. Ekonazorat reyd o‘tkazildi
22.
01. 2022
12:41
4655
Econadzor

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining Mo‘ynoq bo‘limi tomonidan navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Reyd tadbiri davomida «Xakim ata» OFYda yashovchi bir guruh fuqarolar tomonidan noqonuniy ravishda «Bo‘zatov» OFY hududidagi davlat zaxira yerdan 60 m3 yulg‘un o‘simligini noqonuniy ravishda olib ketayotganlik holati aniqlandi.

Holat yuzasida fuqarolarga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 79-modda 1-qismiga asosan har biriga jami 40 mln 500 ming so‘m jarima hamda tabiatga yetkazilgan zararni qoplash uchun 4 mln 860 ming so‘m da’vo hisoblandi.

 

 

Davlat ekologiya qo‘mitasi
Matbuot xizmati

 


 

Useful resources