Koreya Respublikasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
08.
05. 2023
17:28
2705
News

Tabiat resurslari vaziri o‘rinbosari Jusipbek Kazbekov Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasining Atrof-muhit va mehnat masalalari qo‘mitasi raisi Chon Xe Chol bilan uchrashdi.

Tabiat resurslari vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda har tomonlama strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Qolaversa, KEITI kompaniyasi ishtirokida samarali amalga oshirilgan «O‘zbekiston Respublikasida qattiq maishiy chiqindilarni boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha bosh rejani tuzish» texnik ko‘mak loyihasi doirasida 6,6 mln AQSh dollariga teng grant loyihasi moliyalashtirish uchun ma'qullandi, shuningdek, yirik investitsiya loyihasi konsepsiyasi ishlab chiqilib, Koreya Hukumatiga taqdim etildi.



Shuningdek, «SEJIN G&E So., Ltd.» kompaniyasi ishtirokida «Toshkent viloyati maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish» loyihasini amalga oshirish bo‘yicha Investitsiyalar va Energetika vazirliklari bilan kelishuvga erishildi. 

Tabiat resurslari vazirligi xodimlarining Koreya Respublikasi Atrof-muhit vazirligining Ekologiya sohasidagi dasturda faol ishtirok etayotgani ham yaqin hamkorlikning yana bir amaliy ifodasidir.

Uchrashuv yakunida Koreya tomoni Samarqand shahrida boʻlib oʻtadigan BMTning uchta yirik tadbiri – choʻllanish boʻyicha global tadbir (UNCCD CRIC-21), Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi turlarini saqlab qolishga doir Konvensiyasining 14-Tomonlar konferensiyasi (CMS COP-14) va Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasiga taklif etildi.

Useful resources