Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari ekologik huquqbuzarliklar borasida zarur vakolatlarga ega bo'lmoqda
02.
06. 2023
17:04
2641
News

Senatning qirq birinchi yalpi majlisida “Ekologiya va jamoat tartibini saqlash sohalaridagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun ko‘rib chiqildi.

Unga ko'ra, Ichki ishlar va Milliy gvardiya organlari ekologiya va atrof-muhit sohasidagi ma'muriy huquqbuzarliklar (Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksda belgilangan, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi 7 ta moddada nazarda tutilgan) toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish hamda jarima qoʻllash, shuningdek, tegishli bayonnoma rasmiylashtirish vakolatiga ega bo'lmoqda.

Shu bilan birga, ichki ishlar va milliy gvardiya organlari mansabdor shaxslari ekologiya va atrof-muhitga zarar keltirgan shaxslarni ma’muriy yoʻl bilan ushlab turish huquqiga ega bo'lmoqda.

Useful resources