Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi va Toshkent shahar boshqarmasi davlat inspektorlari tomonidan Toshkent shahrining Uchtepa tumani, Shirin ko‘chasida tezkor reyd tadbiri o'tkazildi.
Reyd tadbiri davomida fuqaro A.Sh. va M.A. lar tomonidan Qizil kitobga kiritilgan 1 dona Lochin qushini tegishli ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda sotilayotganligi holati aniqlandi.
Ushbu holatda huquqbuzarlar O'zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasi hamda O'zbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 90-moddasida belgilangan huquqbuzarlikni sodir etgan.
Lochin qushi qonuniy to‘xtamga kelingunga qadar vaqtinchalik Toshkent hayvonona bog‘iga topshirildi.
Holat yuzasidan to'plangan hujjatlar huquqiy baho berish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tumani sudiga taqdim etish uchun tayyorlanayotgani ma'lum qilinadi.