Xorazmda daraxt kesgan mansabdorga nisbatan 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi 
15.
06. 2023
14:52
3791
News

Xorazm viloyati  Qo‘shko‘pir tumanidagi “Rasulbek” fermer xo‘jaligi hududida daraxtlar kesilishiga oid holat  viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi inspektorlari tomonidan o'rganilib, 83 tup har xil turdagi daraxtlar qo‘porilgani, 3 tup daraxt o'sishdan to'xtamaydigan darajada shikastlangani aniqlangan edi.  https://t.me/ecoxorazm/7228

Ushbu holat jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqildi. 

Sud hukmiga ko'ra, fermer xo‘jaligi rahbari B.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismiga asosan 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
 
Shuningdek, sudlanuvchi tomonidan 193,8 million so’m miqdoridagi o'simlik dunyosiga yetkazilgan zarar qoplanishi belgilandi.

Useful resources