Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanidagi “Rasulbek” fermer xo‘jaligi hududida daraxtlar kesilishiga oid holat viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi inspektorlari tomonidan o'rganilib, 83 tup har xil turdagi daraxtlar qo‘porilgani, 3 tup daraxt o'sishdan to'xtamaydigan darajada shikastlangani aniqlangan edi. https://t.me/ecoxorazm/7228
Ushbu holat jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘shko‘pir tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqildi.
Sud hukmiga ko'ra, fermer xo‘jaligi rahbari B.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismiga asosan 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Shuningdek, sudlanuvchi tomonidan 193,8 million so’m miqdoridagi o'simlik dunyosiga yetkazilgan zarar qoplanishi belgilandi.