2024-yilda jismoniy va yuridik shaxslarning ko‘plab murojaatlari ko‘rib chiqildi
28.
03. 2025
18:22
400
Yangiliklar

2024-yil davomida vazirlik markaziy apparatining departament, boshqarma, bo‘lim hamda tizim tashkilotlarida jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish yuzasidan nazorat ishlarini kuchaytirish hamda qonun buzilishi holatlarining oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

2024-yil davomida jismoniy va yuridik shaxslardan bevosita vazirlikka – 8 003 ta (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,9 foizga ko‘paygan) murojaat kelib tushgan.

Bevosita vazirlikka kelib tushgan 8 003 ta murojaatdan, elektron murojaatlar787 tani (9,8 %), yozma murojaatlar576 tani (7,2 %), og‘zaki murojaatlar 6 640 tani (83,0 %) tashkil etgan. (Shaxsiy qabul davomida - 78 ta, sayyor qabullarda - 60 ta, ishonch telefoni orqali – 6 502 ta murojaat qabul qilingan).

Hisobot davrida vazirlik tomonidan 8 003 ta murojaatlar ko‘rib chiqish uchun nazoratga olingan bo‘lib, shundan 6 425 tasi (80,3 %) qanoatlantirilgan, 1 404 tasiga (17,5 %) tushuntirish berilgan, 26 tasi (0,3 %) rad etilgan, 148 tasi
(1,9 %) o‘rganish jarayonida bo‘lgan
.

Murojaatlarning 7 848 tasi (98,1 %) jismoniy shaxslar va 155 tasi (1,9 %) yuridik shaxslar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Foydali manbalar