Aziz Abduhakimov Xitoyning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi bilan uchrashdi
22.
07. 2023
11:27
2465
News

21-iyul kuni Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov va Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyun o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv Yuy Szyunning Xitoyning O‘zbekistondagi yangi Elchisi etib tayinlanishi munosabati bilan tashkil qilindi. 

O‘z navbatida Yuy Szyun O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan tashabbuslar mamlakatimizning jadal rivojlanishini ta’minlab, uni yangi taraqqiyot bosqichiga olib chiqayotganinini aytib o'tdi.

Shuningdek, muloqot chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish va kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqilib, davlatlar o‘rtasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishda muhim muvaffaqiyatlarga erishish zarurligi qayd etildi. Shu bilan birga, sho‘rlanishning oldini olish, ekotizim barqarorligi, Xitoy tajribasini hisobga olgan holda “yashil” iqtisodiyotga bosqichma-bosqich o‘tish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, ekologik ta’lim va madaniyatni yuksaltirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Vazir, o‘z navbatida, Xitoydan kelgan mutaxassisni ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, yashil texnologiyalarga sarmoya kiritish, yashil iqtisodiyotga o‘tish va boshqa muhim jihatlar bo‘yicha maslahatchi sifatida qabul qilishga tayyorligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida Elchi A.Abduhakimovni 16-oktabr kuni Pekinda bo‘lib o‘tadigan Yashil rivojlanish bo‘yicha “Bir kamar, bir yo‘l” forumida ishtirok etishga taklif qildi. 

Xitoy Elchisi O‘zbekiston Respublikasining cho‘llanish (UNCCD CRIC-21), ko‘chib yuruvchi yovvoyi hayvonlar turlari (CMS COP-14), Butunjahon sayyohlik tashkiloti Bosh assambleyasining 25-sessiyasi (25-GA UNWTO) kabi qator xalqaro tadbirlarni o‘tkazish tashabbusini yuqori baholadi.

Useful resources